Atambayev: YeOIIga a'zo bo‘lishimizgacha qirg‘izistonlik ishchilar qul kabi qabul qilinardi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev «Mir» telekanaliga bergan intervyusida respublika Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga nima uchun a'zo bo‘lib kirgani va bundan mehnat muhojirlari qanday manfaat ko‘rgani haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning ittifoqqa a'zo bo‘lishi mehnat muhojirlarining hayotini yengillashtirgan.
«Agar ittifoqqa kirish masalasi bugun qo‘yilganida ham, albatta, biz bu ittifoqqa kirgan bo‘lardik. Avval ham bizning fuqarolarimiz Rossiyaga borishar edi. Rossiyaliklarni ranjitishni istamagan holda aytamanki, ularga Rossiyada qul kabi munosabatda bo‘lishgan, hozir esa vaziyat butunlay boshqacha», — degan Almazbek Atambayev.
«Ular Rossiya va Qozog‘iston hududida 30 kungacha qonuniy bo‘lish huquqiga ega. Ular xotirjam holda ish izlashlari mumkin — bizning diplomlar u yerda tan olinadi», — degan Qirg‘iziston prezidenti.
«Tasavvur qiling, siz mamlakat prezidenti bilan intervyu qilish uchun kelgan vaqtingizda boshqa bir joyda yosh yigit yoki qiz notanish davlatga yo‘l oladi. Uni plantatsiyada ishlatishlari ham mumkin bo‘lsa? Shuning uchun, YeOIIga a'zo bo‘lib kirishimiz ijobiy qadam bo‘lgan deb aytish mumkin», — deya qayd etgan Almazbek Atambayev.
Qirg‘iziston 2015 yil avgustida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilgandi. Mamlakat Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Rossiya qatorida ushbu tuzilmaning to‘laqonli a'zosiga aylangan.
Mavzuga oid
16:04 / 28.04.2024
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
17:38 / 05.04.2024
“Uyma-uy tekshiruvlar o‘tkazilishi mumkin” – Rossiyadagi musofirlar vaziyati qanday?
08:14 / 10.02.2024
Rossiyada mehnat muhojirlari va qo‘riqchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
18:21 / 22.01.2024