Jahon | 14:14 / 13.04.2017
5349
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston YeI bilan viza tartibi yengillashishiga umid qilmoqda

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi YeI mamlakatlari bilan viza tartibi yengillashishiga umid qilmoqda. Bu haqda respublika TIV matbuot xizmati ma'lum qildi. Qozog‘iston tashqi siyosat mahkamasi rahbari Qayrat Abdraxmanov Germaniya Bundestagining "Germaniya – Markaziy Osiyo" parlament do‘stlik guruhi rahbari Manfred Grund rahbarligidagi delegatsiya a'zolari bilan shu xususda fikr almashgan. 

"Uchrashuv chog‘ida Abdraxmanov ikki mamlakat va Qozog‘iston hamda YeI o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda o‘zaro fuqarolar bordi-keldisini qulaylashtirish muhim ekaniga e'tibor qaratgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston fuqarolarini hujjatlashtirishda nazorat standartlarini muntazam oshirib kelmoqda. Davlat migratsiya tahdidini mujassam etmaydigan mamlakat sifatida YeI tomonidan Shengen hududiga qozog‘istonliklarning borishini osonlashtirish bo‘yicha javob choralari ko‘rilishiga umid qiladi", - deyiladi TIV xabarida. 

Mavzuga oid