Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson Asadning ketishi tartibli o‘tishi kerakligini aytdi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Suriya prezidenti Bashar Asadning o‘z lavozimidan ketishi tartibli o‘tishi kerak, deb hisoblamoqda.
"Biz Asadning bo‘lg‘usi roli – xoh siyosiy jarayonda ishtirok etishi, xoh ishtirok etmasligi haqida gaplashdik. Bizning pozitsiyamiz quyidagicha: Asad tuzumi tugamoqda, bunga ularning o‘zlari xatti-harakatlari, olib borayotgani urushi bilan aybdorlar", deb aytdi Tillerson Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanda.
"Bizning pozitsiya: Rossiya Asadning eng yaqin ittifoqdoshi hisoblanadi va Asadga bu reallikni tushunishga yordam beradi. Fikrimizcha, hamma jamoalar muzokaralar stolida taqdim qilinishi uchun Asadning ketishi tartibli o‘tishi kerak", deb aytdi AQSh davlat kotibi.
Avvalroq Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Asadning ketishi zarurligi haqida "bong urish" Suriya ixtilofini siyosiy hal qilinishini yaqinlashtirmasligini aytgandi. Ixtilofni tinchlik bilan hal qilish uchun Jyeneva va Ostona jarayonlari ishga tushirilgan. Peskovning ta'kidlashicha, yechimning izlanishi aynan shu, muqobili yo‘q jarayonlar doirasida olib borilishi kerak.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025