O‘zrus tilini razvivat qilaylik! (achchiq hajviya)
Xolodilnikni ochib qarasam, zelen tugab qolibdi. Srochno bozorga ketdim. Bozorda prodavetslarning shumi (shumtaka emas shovqini — O‘.B.) hammayoqni tutib ketgan. “Kep qoling svejiy smetanaga”, “Issiq lepyoshkalardan opketing!”, “Kapustaning asali bizda!”.
Prilavkalarni aylanib yursam, setka ko‘tarib sosedim yuribdi.
— Qalaysiz, sosed? — so‘rashdim men.
— Nishtyak, bratan, — javob berdi sosed, — shu, ozgina produkta opketay, deb keluvdim. Pochti hamma narsani olib bo‘ldim, tolko chesnok bilan perets qoldi.
Kechqurun televizorda “Novaya jyertva”ni ko‘rib o‘tirsam, eshikning zvonogi chalinib qoldi. Ochsam, sosed ekan. “Bir zvonit qivosam” deb prosit qildi. “Pojaluysta” dedim. Sosed telefonni olib gaplasha boshladi. “Allo, privet, Sarimsoq akam bormilar?.. Yo‘qmi?.. A kogda budet?.. Xorosho. Poka".
Gaplarimni eshitib, bir narsaga vrubitsya qilolmadim. O‘zidan so‘radim.
— Nega “Sarimsoq aka” dedingiz, “sarimsoq” — “chesnok” degani-ku? “Chesnok aka” desangiz, to‘g‘ri bo‘ladi.
— Deystvitelno, — dedi vdumchivo sosed, — bunga voobshche vnimaniye obrashchat qilmagan ekanman. “Dom Sovet”iz yaxshi ishlaydi-da, bratan.
Sosed chiqib ketdi. “Dom Sovet”im operativno paxat qilib ketdi. O‘zim nauchno-issledovatelskiy institutda starshiy nauchnyy sotrudnik bo‘lib ishlayman. “Evrika!” dedim o‘zimga-o‘zim va bir list bilan ruchkani olib yoza boshladim.
“O‘zrus tilining poyavleniyesi va razvitiyesi” (nauchnyy ish) “O‘zrus tili planetamizdagi noveyshiy tillardan bo‘lib, tyurkskaya yazykovaya gruppadagi o‘zbek tili va slavyanskaya yazykovaya gruppadagi rus tilining soyedineniyesidan paydo bo‘lgan. Bu tilda so‘zlashuvchi milliondan ortiq naseleniye v osnovnom, stolitsamizda va ba'zi krupnyy promyshlennyy sentrlarimizda yashaydi.
O‘zrus tili va 60-yillardan zachatka bera boshlagan bo‘lib, protsvetaniyesi 70—80-yillarga to‘g‘ri keladi”.
Rabochaya komnatamga stuksiz kirgan xotinim xayolimni perebivat qilib yubordi va avtomatniy ocheredga o‘xshab tarillab ketdi.
— Dadajonisi, bugun ertalab ostanovkada marshrutkaga chiqaman deb bir shag bosgan edim, yo‘l skolzskiy ekan, yiqilib tushdim. Vezde lyod, predstavlyayesh? Ishga borish neoxota bo‘lib turuvdi. “Poyasnitsam og‘riyapti” deb bahona qilib poliklinikamizga bordim. Doktor naznacheniye yozib berdi. “Bolnichnyy yozib bering» desam, “pyat baksov bo‘ladi” dedi. Unaqa krupnyy summa koshelyogimda yo‘q edi, ambulatornyy lecheniye olaveraman, dedim.
— Nu chto eto takoye? — nervnichatsya qildim men. — Bu yerda seryoznyy nauchnaya rabota ustida o‘tiribman. Sen bo‘lsang perebivat qilasan.
Rabochiy stolimga o‘tirib “chyort poberi” dedim-da, kelgan joyimdan prodoljit qilib, yoza boshladim:
“O‘zrus tilida so‘zlashuvchi naseleniyeni v osnovnom o‘zbeklar tashkil qiladi. Mejnatsionalnyye otnosheniyani razvivat qilishda bu tilning vajnoye znacheniyesi bor, eto nesomnenno. Politicheskiy znacheniyesi esa juda katta. O‘zbekistonning russkoyazychnyy naseleniyesi gosyazykni o‘rganishga toropitsya qilmayapti, potomu chto o‘zbekchani o‘rganish nelegko. Tem boleye, bunga neobxodimost yo‘q. V svyazi s etim, men shunday predlojyeniye kiritmoqchiman. O‘zrus tilining nastoyashchiy znacheniyesini priznat qilib, uni ham gosyazyk deb e'lon qilinsin. Vot togda o‘zruschani o‘rganish oson bo‘ladi. Bu esa v budushchem rus tilini ham gos yazyk deb ob'yavit qilishda perexodnoy most vazifasini o‘taydi.
Kelajagimiz bo‘lgan ko‘plab molodyojlarni zagranitsaga o‘qishga jo‘natyapmiz. Ularning orasida gosyazykni bilmaydiganlar ham bor. O‘qishni bitirib kelishgach, ulardan vygodnoy foydalanish uchun gosyazykni ko‘paytirishimiz kerak.
Krome togo, o‘zbekchaga ruschani aralashtirmay gapirish nevozmojno bo‘lganligi uchun o‘zbekchani yaxshi bilmagan o‘zbek grajdanlarimizni uprekat qilishlariga polojit konets mumkin bo‘lardi. Nu, naprimer, “o‘g‘it”ni “mineralnoye udoreniye” degani uchun jitellarimiz preduprejdat qilinmasdi. Samoye glavnoye, ba'zi rukovoditellarimiz svobodno nafas olishardi.
Vposledstviyem, Sovmin qoshidagi til masalalari bilan shug‘ullanuvchi doimiy komissiya o‘ziga o‘zi otvechat qila olmaganligi uchun ularni uprazdnit qilish haqida prikaz izdat qilish mumkin. Ularni obespechit qilish, zarplata berish uchun izrasxododovat qilinadigan sredstvalarni esa o‘zrus tilini razvivat qilishga perepaspredelit qilinsa, shikarnyy ish bo‘lardi.
Qarasam, nauchnaya statyam prilichnyy gazetnyy statya bo‘p qopti. “Qaysi gazetaga bersam ekan”, deb vdumatsya qilib qoldim. Ruscha izdaniyelarga bersam, ularni o‘qiydigan russkoyazychnoye naseleniye o‘zrus tilini yaxshi tushunmasligi va statyaning sutiga (moloko emas, mohiyat — O‘. B.) vnikat qila olmasligi mumkin.
O‘zbekcha izdaniyelarning pochti hammasida “sendan men zo‘r” degan shtatnyy sotrudniklar bor, statyaning aktualnosti unga kopeyka — chiqartirmaydi.
O‘ylab-o‘ylab, “Nezavisimaya gazeta”ga berishga reshit qildim. A potom, o‘zrus tilining povsednevnyy jiznda, televideniyeda sushchestvovat qilishini hech kim inkor qila olmaydi-ku!? Ne tak li?
Davayte, statyada aytilgan predlojyeniyelarni podderjat qilaylik. Agar bu statyani yaxshi tushuna olmagan bo‘lsangiz, o‘zbekcha va ruscha izdaniyelarda perevodini chiqartirishga harakat qilaman.
O‘tmas Boshqon,
1997 yil, 31 yanvar, Toshkent shahri
“Hurriyat” gezetasi, 5-son,
1997 yil 5 fevral
Mavzuga oid
17:18 / 01.11.2024
Medvedev Rossiyada rus tilini bilmaydigan bolalarni maktabga qabul qilmaslikni taklif etdi
18:06 / 27.09.2024
Toshkentdagi maktabda boshlanib vazirlar darajasiga chiqqan mojaro – nimalar bo‘ldi?
10:31 / 30.06.2024
“Ismlarimiz rus tiliga moslashtirilgani bizni noqulay ahvolga soladi” – Kanadadagi o‘zbek
22:47 / 19.04.2024