Xalq banki pensiya olishning yangi qoidalari haqida ma'lum qildi
Xalq banki "Pensiya va nafaqa to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorga asosan respublika bo‘yicha pensiya va nafaqalar to‘lash huquqiga ega bo‘lgan yagona bankka aylandi. Bu aholida pensiyalar to‘lash tartibi bilan bog‘liq qator savollarni keltirib chiqardi. Xalq banki Kun.uz’ga pensiyani qanday olish va taklif hamda savollar borasida qayerga murojaat qilish mumkinligiga oid ma'lumotlarni taqdim etdi.
Endilikda pensionerlar har oylik to‘lovlarni jadvalga muvofiq posyolka, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yig‘inlarida olishlari mumkin bo‘ladi. Agarda jadvalda belgilangan vaqtda pensiyani olishga ulgura olmagan shaxslar bo‘lsa, ular o‘z pullarini boshqa kunlarda oladilar. Shuningdek, pensiyasi uyga olib kelib beriladigan shaxslar ro‘yxati ham tuzildi. Pensiya va nafaqalarning maxsus kassalari joylashishida qandaydir o‘zgarishlar bo‘lsa, pensiya oluvchilar bank, shuningdek qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan xabardor etiladilar.
Qaror bilan Xalq banki tomonidan qo‘shimcha 4 ming nafar kassir va nazoratchilar ishga qabul qilinadi. Ayni damda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq banki bilan birgalikda pensiya va nafaqalar to‘lanishini onlayn-rejimda SMS-xabardor etish tizimini amalga tatbiq etish, shuningdek mablag‘larni to‘lash jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mahalliy boshqaruv organlari aholi uchun qulay bo‘lgan ma'muriy binolardan Xalq bankining maxsus kassalari faoliyati uchun bepul ravishda alohida xona ajratib berishlari kerak.
Yuqoridagi qarorni hayotga tatbiq etish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar barchasi respublika bo‘ylab 15 iyun sanasiga qadar o‘z nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Agar pensiya va nafaqalar berilishi tartibi haqida savollar bo‘lsa, Xalq banki yuzasidan e'tirozlar bo‘lsa yoxud pensiya va nafaqalar berilishi tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar bo‘lsa quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilish so‘raladi:
Xalq banki ishonch telefoni: (0371) 200-00-55
Boshqaruv Raisi virtual qabulxonasi: (0371) 236-16-23, br.xb.uz
Elektron pochta manzili: murojaat@xb.uz
Mavzuga oid
19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
17:00 / 20.06.2024
Xalq banki tomonidan vodiyga press-tur tashkil etildi
11:03 / 08.06.2024
Putin ishlayotgan fuqarolarga pensiya indeksatsiyasini qaytarishni taklif qildi
16:54 / 29.05.2024