Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
Biznesmen Konstantin Malofeyev 1995 yildan keyin tug‘ilgan rossiyaliklarning pensiyaga chiqishini bekor qilish taklifini ilgari surdi. Uning fikricha, bu yoshlarni kelajakda ko‘proq farzand ko‘rishga undaydi.

Foto: Sergey Malgavko/ TASS
«Sargrad» holdingi asoschisi, biznesmen Konstantin Malofeyev 1995 yildan keyin tug‘ilgan rossiyaliklarning pensiyaga chiqishini bekor qilish taklifi bilan chiqdi.
Uning fikricha, bu yoshlarni ko‘proq farzand ko‘rishga va shu orqali kelajakda o‘zlarining ta’minotini yaxshilashga undashi mumkin. Hozirda 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar qarilik nafaqasiga umid qilmoqda va shu boisdan oila qurishga shoshilmayapti. «Pensiya bolalar o‘rnini egalladi… Hozirgi pensionerlar avlodining farzandlari yo‘q, chunki avvaliga sovet, keyin esa liberal davlat propagandasi dastlab komsomol tuzilmalar, so‘ng o‘zi yaxshi ko‘rgan narsalar uchun yashashni targ‘ib qildi. Endi bu odamlar o‘zining kam farzandli ekanini to‘g‘rilash uchun hech kimni dunyoga keltira olmaydi. Bo‘lajak pensionerlar — hozirgi yoshlarga nisbatan esa bu juda istiqbolli bo‘lishi mumkin», - deydi biznesmen.
Malofeyev Rossiya imperiyasi faqat cheklangan doiradagi shaxslarga pensiya berganini, shunga qaramay «har bir ayol o‘rtacha yetti nafar bola tug‘gani» va hech kim davlatdan pul kutmaganini eslatdi. Inqilobdan keyin e’lon qilingan «umumiy tenglik» sabab esa oiladagi farzandlar soni uch nafargacha kamaygan — bunda ayollar erkaklarga xos og‘ir sohalarda ham ishlay boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat keyinchalik yanada yomonlashgan: «qizlar institutlarga kirib, karera qura boshladi», 1990 yillarda esa o‘z-o‘zini anglash, «shaxsiy erkinlik, pul va iste’molchilik» butunlay «hayotning maqsadiga aylangan», natijada bir ayolga to‘g‘ri keladigan bolalar soni 1,4 gacha kamaygan.
«Nega shunchaki Ijtimoiy fondga pensiya badallari yig‘ilishi 10 yildan keyin to‘xtatiladi, masalan, 1995 yildan tug‘ilgan fuqarolar umuman davlat pensiyasini olmaydi deb e’lon qilib bo‘lmaydi? Ularning ish haqlaridan ilgari ushlab qolingan pensiya badallari qaytariladi. Shundan so‘ng, ular 30 yoshga kirib o‘zlari hal qilsin — pul yig‘sinmi yoki qariganda tashlab ketmaydigan farzandlarni dunyoga keltirsinmi», - deya xulosa qiladi Malofeyev.
Bunga javoban Federatsiya kengashi qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas Rossiya qonunchiligi bo‘yicha fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti Konstitutsiya bilan kafolatlangani haqida eslatdi.
Shu bilan birga, Rossiya 2050 yildan keyin pensiya yoshini 80 yoshgacha ko‘tarish zaruratiga duch kelishi mumkin. Mutaxassislar o‘nlab yillardan keyin migratsiyasiz va robotlashtirish tufayli yuzaga keladigan «demografik qishni» bashorat qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya aholisi XXI asr oxirlariga borib ikki barobarga qisqaradi.
Rosstatning rasmiy prognozlarida keltirilishicha, 2023-2026 yillarda Rossiya o‘lim holati tug‘ilishdan oshib ketgani uchun 12,7 million kishini yo‘qotadi. 2040 yillar boshida esa bolalar va o‘smirlar soni 26 foizga qisqradi — 27,2 foizdan 20 milliongacha. Pensionerlar soni esa aksincha, oshadi — 24,5 foizdan 26,9 foizgacha.
Mavzuga oid

15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi

21:00 / 24.05.2025
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi

19:32 / 24.05.2025
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi

14:39 / 24.05.2025