Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda choyxona oldidagi “savdo” fosh etildi
SVOJJDLQK departamentining Koson tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Yu.Toshnazarovning murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.Shodiyev, B.Gulmurodov va Z.Jalilov Yu.Toshnazarovga 5800 AQSh dollarini 37 million 874 ming so‘mga sotish maqsadida o‘zaro jinoiy til biriktirishgani aniqlandi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Keyin ular Yu.Toshnazarovni Qarshi shahridagi choyxonalardan birining oldiga chaqirishib, savdoni amalga oshirmoqchi bo‘lishadi.
Biroq, qonunga zid savdo nihoyasiga yetmadi. O‘zaro pul ayirboshlash vaqtida guruh a'zolari qo‘lga olindi. Ulardan 5800 AQSh dollari, 1100 Rossiya rubli va 19 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlar tegishli jazoga tortilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
17:21 / 05.04.2025