Jahon | 07:33 / 15.04.2017
13714
1 daqiqa o‘qiladi

Trampga tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi

AQShda bir hafta davom etgan qidiruvlardan keyin Oq uyga maktub jo‘natib, unda AQSh prezidenti Donald Trampga tahdid qilgan qurollangan erkak qo‘lga olindi. U Viskonsin shtatida yashovchi 32 yoshli Jozef Yakubovski degan shaxs bo‘lib chiqqan. Yakubovski, shuningdek, o‘qotar qurol sotiladigan do‘konni o‘marganlikda gumonlanmoqda. 

Fox News telekanalining xabar berishicha, erkak Ridstaun yaqinida ushlangan. Politsiyaga xususiy mulk hududida payqalgan shubhali erkak haqida xabar berilgan.

Ta'kidlanishicha, Yakubovski qo‘lga olinishi vaqtida qarshilik ko‘rsatmagan.

Avvalroq Trampga tahdid qilayotgan erkakni 150 nafar politsiyachi qidirayotgani ma'lum qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid