Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» afsonasi klubni tark etadi
«Chelsi» jamoasi himoyachisi Jon Terri mavsum yakunida London klubini tark etadi. Bu haqda jamoa matbuot xizmatida rasman xabar qilingan.
Futbolchining o‘zi ham jamoa bilan mavjud shartnoma uzaytirilmaganini tasdiqladi.
Shu tariqa, «Stemford Bridj»da 22 yil o‘tkazgan 36 yoshli futbolchi jamoadan ketadigan bo‘ldi.
Terri bu vaqt ichida asosiy jamoa safida 713 o‘yin o‘tkazgan, bu uchrashuvlarda 66 gol urgan. Jamoaning ko‘p yillik sardori londonliklar bilan APLda 4 marta g‘olib bo‘lgan, 5 marta Angliya Kubogi, 3 marta Angliya Ligasi Kubogi, bir marta Chempionlar ligasi g‘olibligii, bir marta Yevropa Ligasi g‘olibligi qo‘lga kiritilgan.
Bundan avvalgi xabarlarda, Terri Amerika ligasiga yo‘l olishi mumkinligi yoki Angliyadagi «Stok Siti», «Vest Bromvich» yoki «Bornmut» klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi aytilgandi.
Jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte Terrining o‘rniga «Sauthempton»dan Virjil van Deykni xarid qilishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025