Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» futbolchisi antiqa sabab bilan jarohat oldi
«Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtuaning qanday sabab bilan jarohat olgani ma'lum bo‘ldi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, belgiyalik darvozabon MBA (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) reklama rolikida suratga tushayotgan vaqtida to‘pig‘idan jarohat olgan. Tasvirlarga ko‘ra, Kurtua «Chelsi» mashg‘ulotlar maydonida futbolchilar bilan birga basketbol o‘ynayotgan vaqtida noqulay yiqilgan va to‘pig‘ini shikastlab olgan.
Jarohat natijasida Kurtua Angliya premer-ligasining «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvini (0:2) o‘tkazib yubordi. Katta ehtimol bilan u «Tottenhem»ga qarshi Angliya kubogi yarim final uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradi.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025