Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malaysia Airlines samolyotlari parvozini fazodan nazorat qiladi
Malayziyaning Malaysia Airlines aviakompaniyasi o‘zi amalga oshiradigan aviaqatnovlarni fazoda nazorat qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Blumberg agentligi xabar qilmoqda.
Malaysia Airlines aviakompaniyasi Aireon, SITAONAIR va FlightAware kompaniyalari bilan bitim imzolagan. Bu esa, ushbu firmaga o‘z samolyotlarini dunyoning istalgan nuqtasi, xususan, qutboldi hududlari va uzoq mintaqalarda kuzatish imkonini beradi, degan Aireon firmasi.
Aireon kompaniyasining o‘zi esa yangi sun'iy yo‘ldoshlar tizimidan Iridium Communications operatori bilan birga 2018 yilda foydalanishni boshlaydi. Bu tizim butun dunyoda havo qatnovini nazorat qilishda qo‘l keladi. Agentlikka ko‘ra, aksar havo kemalari AZN-V va fazo hamda yerdan uzatiladigan signallar vositasida o‘zlari uchayotgan hududlarni ma'lum qiladi.
"Aniq vaqtda jonli ravishda samolyotlarni nazorat qilish aviatsiya orzusi edi. Biz shunday qaror qabul qilgan ilk aviakompaniya bo‘lganimizdan faxrlanamiz", — degan aviakompaniyaning boshqaruvchi direktori Izxam Ismoil.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025