Fransiya inqilobiy o‘zgarishlar ostonasida
Bir necha haftadan keyin Fransiyada yangi prezident saylanadi. Fransiya ijrochi hokimiyati katta vakolatlarga ega ekanligi hisobga olinsa, prezident hattoki Milliy kengashni (parlament) tarqatib yuborishi mumkin, 5 yilda bir marta o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari Fransiya uchun juda muhim hisoblangan, hozirgi sharoitda esa yanada muhimroqdir.
Saylovoldi poygasi yetakchilari – Milliy front rahbari Marin Le Pen va sobiq iqtisodiyot vaziri, mustaqil nomzod Emmanuel Makron. Agar kutilayotgandek, Le Pen va Makron 7 mayda saylovlarning 2-turida uchrashsalar, Fransiya siyosiy tarixida yangi sahifa ochiladi – 2-turga asosiy o‘ng va so‘l partiyalarning birorta vakili chiqmaydi.
Fransiya 1958 yildan beri bunday siyosiy vaziyatni eslay olmaydi. O‘shanda Jazoir urushi eng avjiga chiqqanda hokimiyat tepasiga general Sharl de Goll kelgan. U Fransiyaning konstitutsiyasiga asos solgan. Har qanday yirik siyosiy voqea kabi o‘sha davr muayyan vaziyatlar va chuqur tarixiy jarayonlari qorishmasi bilan shartlangan edi.
Bugungi kunda xuddi shu narsa kuzatilmoqda: ko‘plab rivojlangan davlatlarda xalq elitalarga ishonmay qo‘ygan, globallashuv va immigratsiya oldida qo‘rquv va kuchsiz ekanini sezadi hamda o‘sib borayotgan tengsizlikdan xavotirlanadi.
Milliy front 10 yildan beri ommalashib bormoqda, biroq partiya hanuzgacha fransuz saylov tizimining o‘ziga xosligi sababli hokimiyat tepasiga kela olmagan: avvalgi saylovlarning 2-turida saylovchilar Le Penga qarshi birlashganlar.
Agar Le Pen saylovlarda yetakchilikni qo‘lga olsa, unda Fransiya siyosatida va umuman butun Yevropa Ittifoqida burilish yuz beradi. Biroq ko‘rinishidan o‘rtamiyona Makron yetakchilikni qo‘lga olsa, unda bu yanada radikalroq o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ikkala nomzod ham katta ehtimollik bilan saylovlarning 2-turiga chiqadilar va Fransiya kim yutishidan qat'i nazar, baribir siyosiy inqilob ostonasida turibdi.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024