Parij markazida terakt yuz berdi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi Yelisey maydonlari yaqinida qurollangan shaxs politsiya xodimlarini otib tashladi. Natijada bir politsiyachi halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohat oldi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, ikkinchi huquq-tartibot xodimi ham hayotdan ko‘z yumgan. Hujum qiluvchilardan biri kuch tuzilmasi xodimlari tomonidan o‘ldirildi, boshqasi esa yashirinishga muvaffaq bo‘ldi, u ayni vaqtda qidirilmoqda. Hodisa joyi o‘rab olingan.
Hodisa kecha kechki payt ro‘y bergan. Fransiya IIV rasmiy vakili Per-Anri Brandening xabar berishicha, jinoyatchi huquq-tartibot organlari xodimlarini aniq nishonga olishga harakat qilgan.
«Hujum qiluvchi patrul xizmati ekipaji mashinasi yoniga kelgan, avtomobildan tushgan va politsiya xodimlarini o‘qqa tutgan. Shundan so‘ng u yashirinishga harakat qildi, biroq yo‘q qilindi», - deya IIV vakili so‘zlarini keltiradi TASS.
Bundan tashqari, politsiyaning xabar berishicha, hujum qiluvchilar ikki kishi bo‘lgan. Ikkinchi jinoyatchi haqida rasmiy ma'lumot hozircha yo‘q. BFM-TV telekanalining xabar berishicha, ikkinchi jinoyatchi Yelisey maydonlari hududidagi yer osti avtomobil turargohlaridan birida yashiringan bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, hujum qiluvchi shaxsning hamtovog‘i Parijga Belgiyadan kelgan.
Bundan tashqari, hujum qilgan shaxs o‘z rejalari haqida avvalroq Telegram messenjerida ogohlantirgani haqida ma'lumot ham paydo bo‘ldi. Hukumat fuqarolarga Yelisey maydonlariga yaqin vaqt ichida bormaslikni tavsiya qildi.
Assoshieyted Press’ning o‘z manbalariga asosan xabar berishicha, hujum qilganning shaxsi aniqlangan. U 39 yoshda bo‘lgan. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, politsiya uning Shel shahridagi uyida tintuv o‘tkazmoqda. Manba ma'lumotiga ko‘ra, hujum qiluvchining ismi Karim Shofi.
Biroq Frans Press agentligi hujum qilgan shaxsning ismi Abu Yusuf al Beljiki ("Belgiyalik") bo‘lishi mumkinligini ham ma'lum qilgan.
Parij shahri prokurori Fransua Molens hujum qilgan shaxsni terrorchi, deb atadi. “Kechki soat 20.50da qurollangan shaxs politsiyachilarga qarata o‘t ochdi, natijada bir kishi halok bo‘ldi va ikki inson yaralandi. Terrorchi yo‘q qilindi”, - deya ma'lum qildi Molens.
Prokuror ham erkakning shaxsi aniqlanganini ta'kidlab o‘tdi, biroq u haqda hech qanday batafsil ma'lumotlarni keltirmadi. Shuningdek, u tergov jinoyatchining sheriklari bo‘lgani yuzasidan tekshiruv ishlarini olib borayotganini xabar qildi.
Fransiya bosh vaziri Bernar Kaznyov tvitterdagi sahifasida halok bo‘lgan politsiya xodimining yaqinlariga ta'ziya bildirdi. Shuningdek, bosh vazir mamlakat prezidenti Fransua Olland bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Olland Yelisey Maydonlaridagi holat terakt bo‘lishi mumkin ekanini xabar qilgan.
Parijdagi otishma tufayli AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z hamdardligini izhor etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea «navbatdagi teraktga» juda o‘xshash.
Fransiya sobiq iqtisodiyot vaziri va prezidentlik uchun poygadagi yetakchi Emmanuel Makron bundan holatlar odatiy holatga aylanib qolganini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyada yakshanba kuni prezidentlik saylovlarining birinchi turi bo‘lib o‘tadi. Parijda yuz bergan hodisa esa fransuzlarning ovoz berishiga ta'sir ko‘rsatishi ham mumkin.
Hujum uchun mas'uliyatni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
08:31 / 14.11.2024
Parij prokuraturasi Marin Le Penga 5 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024