Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GFR Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishiga doir muzokaralar to‘xtatilishiga qarshi chiqdi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishiga doir muzokaralarni to‘xtatish borasida "bevaqt qarorlar" qabul qilishga qarshi chiqdi. Turkiyada prezidentlik boshqaruvini joriy qilish bo‘yicha referendum o‘tkazilganidan so‘ng, YeIda shunday fikrlar bildirila boshlangan edi.
"Turkiyadagi tarixiy ovoz berishdan so‘ng muloqot iplarini qiyinchilik bilan yana jamlashimiz va ulab chiqishimiz kerak", - degan Gabriel Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida.
"Biroq, alaloqibat, Turkiyaning o‘zi YeIdan yanada uzoqlashishni xohlaydimi-yo‘qmi hal qilishi kerak, - deb qayd etgan Gabriel. – Nima bo‘lganda ham biz Turkiyada so‘nggi oylarda bo‘layotgan voqealar xususida qarashlarimizni yashirmaymiz".
"Deputatlar, muxolifat vakillari, jurnalistlarning hibsga olinishi – bularning barchasi demokratik me'yorlarga to‘g‘ri kelmaydi", - degan GFR TIV rahbari.
Avvalroq, Die Welt gazetasi, YeI Turkiyaning hamjamiyatga a'zo bo‘lishi to‘g‘risidagi muzokaralarni vaqtincha to‘xtatish masalasini muhokama qilmoqchi ekani haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025