Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Yaponiya Tinch okeani hududida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkaza boshladi
Yaponiya dengiz mudofaa kuchlari 23 aprel kuni tongida AQSh Harbiy dengiz kuchlari bilan hamkorlikda, «Karl Vinson» aviatashuvchisi ishtirokida Tinch okeani hududida qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlangani haqida e'lon qildi. Bu haqda Yaponiya mudofaa kuchlari saytida ma'lum qilingan.
«AQSh harbiy-dengiz kuchlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar 23 aprel kuni boshlandi. Manevrlar o‘tkazish joyi — Tinch okeanining g‘arbiy qismi. Unda Yaponiya tomonidan «Samidare» va «Asigara» eskadralari, AQSh tomonidan esa «Karl Vinson» aviatashuvchisi va boshqa kemalar ishtirok etadi. Barcha taktik harakatlar ko‘rib chiqiladi», — deyilgan xabarda.
9 aprel kuni AQSh Avstraliya portlariga ketayotgan «Karl Vinson» atom avianosetsi boshchiligidagi zarbdor guruhini kutilmaganda Janubiy Koreya qirg‘oqlariga yo‘llagandi. Bu Shimoliy Koreya tomonidan aprel oyida raketa sinovlari boshlanishi ortidan ro‘y bergandi. Guruh Lake Champlain (CG-57) raketali kreyseri va Michael Murphy (DDG-112) va Wayne E. Meyer (DDG 108) esminetslarini o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
15:50 / 25.05.2025