Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dog‘istondagi maktabda granata portladi
Dog‘istondagi maktablardan birida o‘quvchilardan biri granatani ehtiyotsizlik tufayli portlatib yuborishi oqibatida sakkizinchi sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi va yana 11 bola jarohatlandi. Bu haqda maktab direktoriga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
Jarohatlanganlardan 3 nafari og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.
Hodisa Tsumadinskiy tumanidagi Agvali qishlog‘i maktabida, kompyuter sinfida ro‘y bergan. Ayni vaqtda voqea joyida maxsus guruh ish olib bormoqda.
«Sakkizinchi sinf o‘quvchilaridan biri maktabga granata olib kelgan. Natijada kompyuter sinfida portlash ro‘y bergan»,— degan Agvalidagi o‘rta maktab direktori Shomil Abakarov. Uning qo‘shimcha qilishicha, dars vaqtida granata otgan o‘quvchi politseya mahkamasiga olib ketilgan.
Mavzuga oid
19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi
17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi
23:44 / 05.03.2025
Dog‘istonda bola ko‘targan ayolning boshiga muz qulab tushdi (video)
16:32 / 16.01.2025