Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qamchiq» dovonida uzunligi 40 metrga teng ko‘chki yorig‘i paydo bo‘ldi
A-373 M-39 «Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon orqali—O‘sh» avtomobil yo‘lining 243,7 (166,7) kilometrida (Namangan viloyati Pop tumani hududi) vodiy yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘ng tomonida, 80 m balandlikda mavsumiy yog‘ingarchiliklar natijasida uzunligi 40 m ga teng ko‘chki yorig‘i paydo bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bois, avtoulovlar harakatlanishining xavfsizligini ta'minlash maqsadida, avtomobil yo‘lining 243,5 — 243,8 kilometri va 229,7 — 230 kilometrlar oraliqlarida O‘sh yo‘nalishidagi yarmida avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklatilib, Toshkent yo‘nalishidagi yarmi orqali ikki tomonlama harakat amalga oshirilmoqda.
Ushbu hududda xavf bartaraf etilmagunga qadar FVV, IIV YPX, «Qamchiqavtoyo‘l» xodimlaridan iborat tun-u kun navbatchilik tashkil qilindi.
O‘zbekiston FVVning xabarnomasi:
A-373 «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘lining 153 (230) kilometrida yer ko‘chkisi bilan bog‘liq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida «Qamchiqavtoyo‘l» IYFK xodimlari bilan hamkorlikda xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda «Diqqat tuproq ko‘chish xavfi bor», «To‘xtash mumkin emas» va «To‘xtab turish taqiqlanadi» yo‘l belgilari o‘rnatildi hamda xavfsizlik nuqtai nazardan ikki tomonlama harakat yo‘lning bir tomoniga o‘tkazildi.
Mavzuga oid
23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
19:03 / 18.03.2025
O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
09:16 / 23.01.2025
O‘zbekistonning ikki hududida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
19:52 / 15.01.2025