Jahon | 22:24 / 24.04.2017
61889
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: «Rossiyani yeb qo‘ymasliklari uchun poylab o‘tirishga majburman»

Foto: © RIA Novosti

Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rus geografik jamiyatining vasiylik kengashi majlisida dengiz farishtalari dengiz iblislarini yeb qo‘yishi haqida gapira turib, u ham Rossiyani birov yeb qo‘ymasligi uchun tunu-kun qo‘riqlab o‘tirishga majbur bo‘layotganini aytib o‘tgan.

RGJning «Rossiyaning arktika suvlari suvosti olamini o‘rganish» mavzusida chiqish bo‘layotgan bir paytda, ba'zi bir chig‘anoqlilarning boshqalari bilan oziqlanishi haqidagi hujjatli filmdan kadrlar ko‘rsatib, hikoya qilishgan.

«Mening tushunishimcha, bu yerda bir meduza ikkinchisi bilan oziqlanmoqda, shundaymi?» — deb so‘ragan Putin.

«Ha, bu meduzalar boshqa meduzalarni tutib yeydi, 70 foiz parhez ozuqa», — deyishgan davlat rahbariga.
  
«Ikkinchi surat-chi? Farishta chig‘anoq iblisini yegan joyi?» — so‘ragan prezident.

«Ha, dengiz farishtalari dengiz iblislari bilan oziqlanishadi», — degan suhbatdoshi.

«Men shug‘ullanayotgan ishda ham sizlarning ishlaringiz natijalari bilan yaqinroq tanishishga to‘g‘ri keladi... Bizni ham birortasi yeb qo‘ymasin, deya doim atrofga alanglab qarashga majburman. Tabiatda ro‘y berayotgan hodisalarni kuzatish juda foydali», — deya o‘z so‘zini yakunlagan Putin.

 

Mavzuga oid