Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson: Rossiya Qrimni Ukrainaga qaytarmaguncha sanksiyalar o‘z kuchida qoladi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali muloqot o‘tkazib, Amerikaning Rossiyaga qarshi sanksiyalari o‘z kuchida qolishini ta'kidladi. Bu haqda davlat departamenti rasmiy vakili v.b. Mark Toner ma'lum qildi.
"Davlat kotibi Tillerson AQSh Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini e'tirof etishini ta'kidlab, Rossiya Qrim yarim orolini Ukrainaga qaytarmasa va Minsk kelishuvlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarmasa, sakntsiyalar o‘z kuchida qolishini tasdiqladi", — degan Toner.
"Davlat kotibi bugun Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali suhbatida yaqinda Moskvaga amalga oshirgan safarini muhokama qildi. U Rossiyaning Sharqiy Ukrainadagi harakatlari ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilashga to‘siq bo‘layotganini Moskva ma'muriyatiga bildirganini ma'lum qildi. Davlat kotibi, shuningdek, Ukraina islohotlar o‘tkazish va korrupsiyaga qarshi kurashishda sezilarli natijalarga erishishi muhimligini aytdi", — deyiladi Toner bayonotida.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025