Light | 18:52 / 25.04.2017
10209
1 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Toshkentda o‘tayotgan xalqaro Usenet 2017 digital anjumani 

25 aprel kuni Toshkentdagi International Hotel mehmonxonasida xalqaro Usenet 2017 digital anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman davomida ikkita parallel sessiyalar, davra suhbati va yana boshqa ko‘plab tadbirlar tashkil etildi.

Bu yilgi asosiy mavzular: digital-iqtisodiyot, elektron tijorat, mobil, zamonaviy reklama texnologiyalari, bozorni o‘rganish, marketing, media, PR.

"Kun" muxbiri mazkur anjumandan fotoreportaj tayyorladi.

Eslatib o‘tamiz, konferensiya tashkilotchisi – Ledokol Group agentligi hisoblanadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va UZINFOCOM markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. 

Konferentsiyaning bosh homiysi – Beeline Uzbekistan. Konferentsiya homiylari: “Click” mobil bank tizimi va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i. Bosh axborot homiysi — “Yandex”.

 

Mavzuga oid