Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi 4ta tumanda hokim o‘zgardi
Toshkent viloyatining 4ta tumaniga yangi hokimlar tayinlangan. Viloyat matbuot xizmatining xabar qilishicha, Bo‘ka, Parkent, Quyi Chirchiq va Piskent tumanlarida hokimlar o‘zgargan.
Bo‘ka tumanida endilikda Xudoyberdi Nazarovich Xolboyev yangi hokim bo‘lgan. U o‘tgan yilning kuzida tayinlangan Mirzamashrab Razzoqovich Kuchchiyev o‘rnida ish boshladi. Xolboyev Buxoro viloyati Soliq boshqarmasi rahbarligidan tuman hokimligiga o‘tkazilgan.
Quyi Chirchiq tumaniga Botir Xudarganovich Rahimov yangi rahbar bo‘ldi (sobiq hokim Abdurazaqov). Shuningdek, Piskent tumaniga Abdusamat Yo‘lchiboyevich Akramov (sobiq hokim Botir Alimbekov), Parkent tumaniga Ne'matjon Ozodovich Abdullayev (sobiq hokim Alimov O‘ktam) yangi hokimlar sifatida tayinlangan.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025