Yurt fidoyilari xotirasi – qalblarda barhayot
Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 4 apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmoni va "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlikning amaldagi ifodasi bo‘ldi.
Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida ayni kunlarda barcha davlat va jamoat tashkilotlari qatorida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining hududiy tashkilotlari tomonidan ham joylarda keksalar holidan xabar olinib, ular ishtirokida uchrashuvlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamkorligida tashkil etildi. Partiyaning “O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Yurt fidoyilari xotirasi – qalblarda barhayot” mavzuidagi mazkur ma'naviy-ma'rifiy tadbirda bir guruh ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan partiya Siyosiy Kengashi a'zolari va deputatlari Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan hujjatlar o‘sha mudhish davrda xalqimizning, o‘z oilasining or-nomusi, tinchlik va farovonligi uchun kurashganlarga har tomonlama e'zoz ko‘rsatish, biz bilan birga umrguzaronlik qilayotgan qahramonlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilayotganligini qayd etdilar.
Xususan, “Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiorlari ostida tashkil etilayotgan bu yilgi bayram munosabati bilan 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a'zolariga moddiy, ma'naviy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Yolg‘iz va kam ta'minlangan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta'mirlash, obodonlashtirish hamda o‘z uy-joyiga ega bo‘lmaganlariga turar joy ajratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbir doirasida, shuningdek, partiya faollari va “Yosh adolatchilar” qanoti a'zolaridan iborat tashabbuskor guruh Chilonzor tumanidagi “2-Charx Kamolon” mahallasida istiqomat qiluvchi bir qator urush va mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olishdi. Ular bilan dildan suhbat qurilib, bayram bilan muborakbod etildi, sovg‘alar ulashilib, xonadon ishlariga ko‘maklashildi.
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan bu kabi e'tibor va g‘amxo‘rlik, yoshlarning hurmat va ehtiromi mamlakatimizda inson manfaati, uning sha'ni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda.
Mavzuga oid
23:58 / 09.05.2023
U tobora uzoqlashmoqda: nega sobiq sovet davlatlari g‘alaba kunini keng nishonlamay qo‘yishdi?
15:35 / 09.05.2023
9 may – kimga qanday kun: Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Moskvaga nega bordi?
19:39 / 08.05.2023
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etadi
22:14 / 05.05.2023