Sobiq hokimning senatorlik vakolati ham muddatidan oldin tugatildi
2017 yil 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda Bahodir G‘oibnazarovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi va Doniyor Abdukadirovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vakolatlarini ular o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizalariga binoan muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz: 21 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi Bahodir G‘oibnazarov ishdan olingan uning o‘rniga esa Abduqahhor To‘xtayev yangi hokim etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid
08:52 / 28.09.2024
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 30 sentabr kuni chaqiriladi
16:47 / 26.09.2024
Senatdagi qo‘mita raisi bir vaqtning o‘zida boshqa joyda ham ishlashiga izoh berildi
13:08 / 21.09.2024
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
12:29 / 21.09.2024