Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuz klubi 60 yillik natijasini takrorladi
Fransiya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan dastlabki juftlik g‘olibi aniqlandi.
Unda «Anjyer» o‘z uyida «Gengam»ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida Mangani, ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismida Toko-Ekambi tomonidan kiritilgan gollar «Anjyer»ga g‘alaba keltirdi. Hisob 1:0 ko‘rinishini olib turganda «Gengam»da hisobni tenglashtirish imkoniyati yuzaga kelgandi. Biroq Brian penaltidan unumli foydalana olmadi.
Natijada 1919 yilda asosy solingan klub 1957 yildan buyon ilk marta kubok finaliga yo‘llanma oldi. 60 yil muqaddam final jamoa tarixidagi eng yaxshi natija sanaladi. O‘shanda «Anjyer» finalda «Tuluza»ga (3:6) imkoniyatni boy bergandi.
Finalning ikkinchi ishtirokchisi «PSJ» va «Monako» jamoalari uchrashuvida aniqlanadi. Uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan 27 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Fransiya Kubogi, 1/2 final
Anjyer – Gengam 2:0 (1:0)
Gollar: Mangani (38), Toko-Ekambi (90+2)
Noaniq penalti: Brian (89, Gengam).
Anjyer: Letele, Toma, Traore, Sissoko, Manko, Ndoyye, Santamariya, Mangani, Bamba (Pavlovich, 86), Berigo (Pepe, 62), Dediu (Toko-Ekambi, 83).
Gengam: Yunsson, Kerbra, Marsal (Martinsh Pereyra, 71), Ikoko, Sorbon, Do, Diallo (de Po, 64), Dido, Salibur (Priva, 84), Brian, Mendi.
Ogohlantirishlar: Kerbra (19), Bamba (50), Diallo (60), Dido (75), Mangani (90).
Mavzuga oid
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
10:25 / 30.04.2025
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi
16:20 / 29.04.2025