Jamiyat | 08:11 / 27.04.2017
11999
4 daqiqa o‘qiladi

Saratonni “bo‘g‘ib qo‘yishga” qodir molekula topildi

Foto: Reuters

Nemis olimlari immun hujayralarida qon tomirlarini, ular orqali qon ketishini to‘xtatishga majburlovchi alohida molekulani topishdi, hamda uni saraton bilan kurashga moslashtira oldilar. Bu haqda Nature jurnalida chop etilgan maqolada so‘z yuritilgan.

"Ikki oqsil kombinatsiyasi – nekroz va interferon-gamma omili – immun hujayralari arsenalidagi eng kuchli qurol sanaladi. Birinchisi qon tomirlari devorlarini buzadi va “killer”-hujayralar uchun o‘simtaga yetib borish imkonini beradi, ikkinchisi esa – ularni qondan mahrum qiladi hamda uzoq muddatli istiqbolda saraton hujayralarining o‘sishini to‘xtatadi", - deydi Berlindagi immunologiya instituti xodimi Tomas Blankenshteyn.

Olimlarning fikricha, odatda immun tizimi doimiy ravishda o‘z ichida bo‘luvchi birlamchi o‘simtalarni ushlab tura olishga qodir. Hujayralar mustaqil ravishda harakatlana boshlagach, metastazalar paydo bo‘ladi hamda ularni immun tizimi qandaydir sabab tufayli ko‘ra olmaydi va saraton hujayralarini bosib turishga urinmaydi. AQSh tibbiy xizmatlar statistikasiga ko‘ra, saraton bilan kasallanganlar o‘lim holatining taxminan 90 foizi metastazalarga to‘g‘ri keladi.

Saratonni bosib turish jarayonida muhim o‘rinni T-hujayralar – boshqa immun hujayralari harakatini boshqarib turuvchi va patogenlarni aniqlovchi alohida tanacha egallaydi. Ular boshqa hujayralarni o‘simta yonida “to‘siq” paydo qilishga majburlaydi va saraton hujayralariga zarar yetkazuvchi moddalar ishlab chiqaradi. Bunday zararlardan biri – o‘simta yonidagi qon tomirlari qisqaradi, hamda saraton hujayralari sog‘lom to‘qimalar kabi ko‘p oziq va kislorod olmaydi.

Blankenshteyn va uning hamkasblari aniqlashicha, bunday reaksiya T-hujayralar tomonidan chiqariluvchi atigi bitta molekula – interferon-gamma tomonidan chaqirilishi mumkin. T-hujayralar bu moddani odatda viruslar, bakteriyalar va boshqa patogenlar paydo bo‘lsa, o‘ziga xos “hujum signali” sifatida chiqaradi. Ular zararlangan joyga boshqa immun hujayralari turini jalb etadi - makrofaglar, “killer”-hujayralarni va odatda sog‘lomlarni “harbiy holatga” o‘tkazadi hamda ularni “o‘ziniki-o‘zga” signali rolini o‘ynovchi katta miqdordagi molekulalar ishlab chiqishga majburlaydi.

Bu oqsil saraton paydo bo‘lganda, yana bir muhim o‘rinni egallaydi – u qon tomirlari devorchalarini qisqarishga majburlaydi, hamda oxir-oqibat qon aylanishi butunlay to‘xtaydi. Bunday holatda o‘simta ichkaridan “bo‘g‘ilib qoladi”, sababi uning ichidagi hujayralar kislorod va oziq moddalarni ololmaydi.

Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribaning ko‘rsatishicha, interferon-gamma sinteziga javobgar bo‘lgan genning majburiy “yoqilishi”, o‘simta o‘sish sur'atini pasaytirdi va ko‘p hollarda qon tomirlari o‘simta ichida “o‘zini-o‘zi” yo‘q qilgani tufayli kamayishiga olib keldi. Shunisi qiziqki, bu jarayon rivojlanayotgan homila yoki bitayotgan yara ichidagi qon tomirlarning yo‘q qilinishi kabi genetik “ssenariy” bo‘ylab amalga oshgan.

Olimlar nima uchun T-hujayralar va ular tomonidan chiqariluvchi interferon-gamma faqatgina saraton o‘simtalariga shunday ta'sir ko‘rsatishini hozircha aniqlay olishmadi. Agarda ularning harakat mexanizmi ochilsa, bu holda tibbiyot xodimlari nafaqat individual saraton o‘simtalari bilan kurashish, balki butun o‘simtaga “unga havo bermay qo‘yib” ta'sir o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar, deya xulosa qiladi Blankenshteyn.

Mavzuga oid