United Airlines reysdan majburan tushirib yuborilgan shifokor bilan kelishuvga erishdi
Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi reyslardan biridan majburan tushirib yuborilgan shifokor Devid Dao bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "Reyter" agentligi yo‘lovchi advokatiga asosan xabar bermoqda.
Aviakompaniya kelishuvga kelingani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi, biroq tovon puli qancha ekaniga oydinlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, United Airlines aviakompaniyasi reysidagi hodisa 9 aprel kuni Chikago aeroportida yuz berdi. O‘shanda uch yo‘lovchidan aviakompaniya xodimlari uchun joyni bo‘shatib berish talab qilindi. Bu holat overbuking sabab yuz bergan (samolyotda bor bo‘lgan joyga qaraganda ko‘proq chiptalar sotilishi bilan bog‘liq vaziyat). Yo‘lovchilardan biri - Devid Dao samolyotni tark etishdan bosh tortgach, xavfsizlik xizmati xodimlari uni laynerdan kuch ishlatgan holda olib chiqib ketishdi hamda unga turli jarohatlar yetkazishdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi minglab kishilar Dao bilan bog‘liq vaziyatdan darg‘azab bo‘lishdi va aviatashuvchining xatti-harakatini keskin qoralashdi. United Airlines bu va qator boshqa shunga o‘xshash hodisalardan so‘ng o‘z siyosati o‘zgarishi haqida e'lon qildi.
AQShda yo‘lovchini reysdan majburlab tushirib yuborgan politsiyachi chetlatildi
United Airlines yo‘lovchi bilan bog‘liq mojaro sababli 800 mln dollar yo‘qotdi
United Airlines rahbari yo‘lovchilar bilan bog‘liq mojarolar sababli jazolanadi
Mavzuga oid
09:20 / 07.10.2024
Eron havo hududini yana 9 soatga yopdi
13:26 / 11.01.2024
Toshkent – Istanbul reysi Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘ldi
07:35 / 23.12.2023
Farg‘ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli qator reyslar Toshkentga ko‘chirildi
13:54 / 08.12.2023