Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi ko‘chkilar ostidan ikki qizning jasadi topildi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Ayu qishlog‘ida bir qavatli 11 turar-joy ustiga yer o‘pirildi. Respublika FVV saytida berilgan xabarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan joydan 2 va 12 yoshlardagi ikki qizning jasadi topilgan.
Qutqaruvchilarning ta'kidlashicha, voqea joyida tezkor-qidiruv ishlari olib borishda davom etilmoqda. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, vayronalar ostida 24 kishi, shu jumladan bolalar ham bo‘lishi mumkin. 29 aprel kuni FVVning dastlabki ma'lumotlarida ularning barchasi halok bo‘lgan, deya e'lon qilingan.
Idora vakillarining keyinroq aniqlik kiritishicha, Ayu qishlog‘ida ko‘chgan tog‘ jinslarining hajmi taxminan 1 million kub metrni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025