Sport | 20:01 / 30.04.2017
6714
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» autsayderga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatda qutulib qoldi

Angliya chempionati 35-turida «Manchester Siti» «Midlsbro» maydoniga safar qildi.

Ayni damda turnir jadvalining 19-pog‘onasini egallab turgan «Midlsbro» kuchli to‘rtlikda qolish uchun harakat qilayotgan manchesterliklarga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.

Mezbonlarning gollariga Alvaro Negredo (38) va Kallum Chembers (77) mualliflik qildi, mehmonlar safida Aguero (69, penalti) va Gabriyel Jyezus (85) bittadan gol urishdi.

Endilikda «Manchester Siti» 66 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda, «Midlsbro» 28 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi. 

Angliya chempionati
35-tur

Midlsbro – Manchester Siti 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 38 Negredo, 1:1 – 69, penalti Aguero, 2:1 – 77 Chembers, 2:2 – 85 Jyezus.
Midlsbro – Gyuzan, Chembers, Frend, Fabio, Gibson, Dauning, Forshou, Kleyton, de Ron, Stuani (Traore, 73), Negredo.
Manchester Siti – Kabalero, Otamendi, Kolarov, Klishi (Sterling, 50), Kompani, Fernandino, Navas, Aleysh Garsiya (Sane, 49), de Bryuyne, Gabriel Jyezus, Aguero.
Ogohlantirishlar: Stuani (16), Kompani (31), Forshou (54), Fabio (67), Sane (68), de Ron (68), Otamendi (76),  Sterling (81).

Mavzuga oid