Jahon | 10:59 / 30.04.2017
48113
2 daqiqa o‘qiladi

Razvedkachi samolyot Rossiyani kuzatayotganini minglab odam kuzatdi

Britaniyaning eng zamonaviy Rivet Joint josus-samolyoti Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy-dengiz bazasi himoya tizimlari haqida razvedka ma'lumotlarini to‘plash maqsadida Boltiq dengizi ustidan uchayotganda Flightradar24 mobil dasturi yordamida minglab foydalanuvchilar tomondan payqaldi.

Dastur orqali ushbu samolyotning AQShning ko‘rinmas samolyotlari hamrohligida 8200 metr balandlikda uchayotganini ko‘rish mumkin bo‘lgan.  

Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, foydalanuvchilar samolyot parvozi haqida har daqiqalik hisobot olib turganlar va u bilan tvitterda o‘zaro bo‘lishganlar. Suratlarga ko‘ra, samolyot Kaliningraddan 97 km uzoqlikda uchib o‘tgan va 478 uzel tezlik bilan harakatlangan. Uni AQShning josus-samolyotlari va F-35A ko‘rinmas samolyotlari kuzatib borgan.

Avvalroq NATOning 3 ta samolyoti Rossiya chegaralari oldida: Qora, Barents va Boltiq dengizi ustida razvedka parvozlarini amalga oshirgani ma'lum qilingandi. Kaliningraddagi vaziyatni AWACS aviatsiyasining uzoq radiolokatsion aniqlash samolyoti kuzatgan.

 

Mavzuga oid