Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada tezyurar poyezd relslardan chiqib ketdi
Germaniyaning Dortmund shahrida temir yo‘l falokati yuz berdi: Dyusseldorfdan Berlinga yo‘nalayotgan tezyurar poyezd temir yo‘l relslaridan chiqib ketdi.
Federal politsiyaning ma'lum qilishicha, qutqaruv xizmati poyezdning oxirgi 3 ta vagonidan yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishni boshlagan. Operatsiyada vertolyot ham ishtirok etmoqda. Ayni vaqtda jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. Politsiya tasdiqlangan ma'lumot paydo bo‘lishi bilan bu masalaga oydinlik kiritishga va'da bergan.
Falokat Dortmundning bosh vokzali yaqinida yuz bergan. Hozir vokzal yopilgan, poyezdlar uni chetlab o‘tmoqda. Falokat haqidagi axborotni Germaniyaning bosh temir yo‘l konserni Deutsche Bahn ham tasdiqladi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025