Fan-texnika | 19:52 / 01.05.2017
6987
2 daqiqa o‘qiladi

"Tesla" avtomobillar uchun metro kontseptini taqdim qildi (video)

"Tesla" avtomobilsozlik kompaniyasi rahbari Ilon Mask tomonidan burg‘ilash va tunnellar yaratish yo‘nalishini rivojlantirish uchun tashkil etilgan Boring Company kompaniyasi avtomobillar uchun metro qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini namoyish qildi.

G‘oya shundan iboratki, avtomobil haydovchisi yo‘l tirband bo‘lganda o‘z mashinasida kerakli manzilgacha metro yordamida yetib olishi mumkin. Buning uchun mashina avtomobil yo‘lidagi maxsus platformaga o‘tishi kerak. Bu platforma yer ostiga tushadi va u yerda mashina bilan birga 200 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. Bunda elektr quvvatida ishlovchi o‘ziga xos monorels hosil bo‘ladi. 

G‘oya juda jozibador ko‘rinadi, albatta barchasi Mask taqdim qilgandek ko‘rinish olsa. Biroq, ayni vaqtda bu g‘oya fantastikadan bo‘lak narsamasdek tuyuladi va uni amalga oshirish uchun bir necha o‘n yillar talab qilinishi mumkin.  

Mavzuga oid