Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada kran qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Janubiy Koreyadagi Kodze portida ikki kran to‘qnashib ketib, ulardan biri qulagan va natijada 5 kishi halok bo‘lgan.
«Yonhap» agentligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi jiddiy jarohatlangan, 14 kishi kichik jarohatlar olgan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkaziladi.
(LEAD) 5 killed, 20 injured in crane accident at shipyard https://t.co/A831PXGe7W
— Yonhap News Agency (@YonhapNews) May 1, 2017
Hodisa Samsung Heavy Industries verfida ro‘y bergan. Kompaniya xodimining so‘zlariga ko‘ra, bu keyingi yillardagi eng yirik favqulodda hodisa bo‘ldi.
«Keyingi yillarda bizda bunday jiddiy avariya sodir bo‘lmaganadi. Birinchi galda hodisa sabablarini o‘rganamiz», — degan u.
Ayni vaqtda hodisa oqibatida jarohat olganlarga yordam ko‘rsatilmoqda. Sabablar aniqlanmagan. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning shaxsiga ham aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025