Sport | 17:20 / 03.05.2017
18526
1 daqiqa o‘qiladi

Hakamga hujum qilgan futbolchi 4,5 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Portugaliya futbol federatsiyasi intizom qo‘mitasi mamlakatning 4-ligasidagi jamoada to‘p suradigan Marko Gonsalveshni uchrashuv vaqtida hakamga hujum qilgani uchun 4 yil-u 5 oy muddatga diskvalifikatsiya qildi. 

"Kanelas" hujumchisi bo‘lgan Gonsalvesh "Riu Tintu"ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketadi va uning yuziga uradi. Hakam Xose Rodriges Gonsalveshga qizil kartochka ko‘rsatadi. Bu futbolchining jahlini chiqaradi va u hakamga hujum qilib, tizzasi bilan uning boshiga tushiradi. 

Mavzuga oid