Jahon | 23:43 / 06.05.2017
39331
8 daqiqa o‘qiladi

Ta'lim sohasida o‘zgarishlar, Toshkentda boks haftasi, «Oltin qalam» mojarosi va haftaning boshqa muhim xabarlari

Hafta davomida O‘zbekiston hamda jahon hayotida ro‘y bergan muhim voqealar va yangiliklar Kun.uz dayjestida eslatib o‘tiladi.

O‘zbekistonda qabul qilingan yangi qaror va farmonlar

Foto: Prokuratura.uz

Prezident yangi farmonni imzoladi: Prokuratura organlari faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi

O‘zbekistonda militsiya tergovni maxsus xonalarda o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zstandart” faoliyatiga oid yangi qaror imzoladi

Qaysi tashkilotlar xodimlari Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin?

Prezident Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasini isloh qilishga farmon berdi

O‘zbekistonliklar qatorasiga 3 kun dam olishadimi?

O‘zbekistonda 42 ta yangi GES quriladi

Mirziyoyev farmoni bilan farmatsevtika sohasida 7 ta yangi erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Prezident fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi xizmat tashkil etdi

Prezident vakili tadbirkorlarni himoya qiladi

Abituriyentlar uchun yangilik: 2017 yilda qo‘shimcha shartnoma orqali talaba bo‘lish mumkin. Ushbu qarorda,shuningdek, bir nechta ta'lim muassasalarida sirtqi bo‘lim ochilishi aytib o‘tilgan

 

Toshkentdagi Xalqaro press klubda IIV brifingi

Foto: Xalqaro press klub

Toshkentdagi Xalqaro press klubda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar ijrosini ta'minlashga doir masalalar yuzasidan bahs-munozaralar bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV vaziri Abdusalom Azizov va vazirlikning boshqa mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv davomida Svetoforlar avtomatik ravishda boshqarilishi aytib o‘tildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri bir yilda ikki bora Senat oldida hisobot beradigan bo‘ldi

Brifingda aytilishicha, kelajakda pasport tizimini isloh qilish orqali butunlay boshqa tizimga o‘tiladi.

IIV xodimlariga e'tirozlarni 1102 raqami orqali bildirish mumkin.

O‘zbekiston IIV rahbarining aytishicha, mamlakatda militsiya so‘zi qo‘llanilmayapti

 

O‘zbekiston va jahon

Foto: Sputnik

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi ikkita o‘tkazish punkti 15 mayda ochiladi

O‘zbekiston "Dunyoning eng tezyurar poyezdlari reytingi"da

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Vladimir Putin Buxoroda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisini orden bilan mukofotladi

Mirziyoyev qator davlatlar yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Ushbu tadbirda elchilarni qabul qilish marosimida O‘zbekistonning qat'iy pozitsiyasini eslatib o‘tdi

YeI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi

Afg‘onistonlik talabalar O‘zbekistonda tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi

 

Jamiyat hayoti

Foto: Kun.uz

Savdo-sanoat palatasi: O‘zbekiston biznesi turg‘un va loqayd holatdan chiqmoqda

Issiqlik, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi ishlab chiqildi

Andijon bekatlarida GPS tizimi, avtobuslarda esa elektron to‘lov xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdagi favvoralar saylidan maxsus reportaj. Fotosayohat

Militsiya xodimlari uchun namunaviy uylar quriladi

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajasida saqlab qoldi

2 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Har bir murojaat e'tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.  Unda aytilishicha, Hamshiralarga yangi tartibda maosh to‘lanadi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaning ta'kidlashicha, Respublikaning 3 hududida bolalar uchun kardio-jarrohlik amaliyot markazlari ochiladi

Xorijga farzandi bilan borayotganlar uchun ota va ona roziligi qaysi hollarda zarur?

Tez orada avtomobillar uchun chiroyli davlat raqamlarini berish boshlanadi

Namangan viloyati hokimi bilan ochiq suhbat (video)

Zokir Almatov va Yodgor Sa'diyev kichik haj safarida. Foto

Sobiq tashqi ishlar vaziri prezident huzuridagi institutga direktor bo‘ldi

Telegram jinoyati ikki kishining 7 yilga qamalishiga sabab bo‘ldi

1300 kilometrni piyoda bosib o‘tgan marafonchi Nukusda kutib olindi (foto)

Chorrahalarda to‘xtash chizig‘ini bosgan haydovchilarga solinadigan jarimalar o‘zgartirilishi mumkin

Namanganga tashrif: markaziy va ichki yo‘llar ta'miri borasidagi savollarga javob olindi

Yangi qaror: yer osti suvlaridan oqilona foydalanilib, aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlanadi

"Rohat"da to‘rt aylanali yangi yo‘l ayirgich barpo etiladi

Toshkentda zilzilalar ketma-ketligi.  6 may kuni poytaxtda so‘nggi uch kunda beshinchi zilzila qayd etildi.

 

Tanqid va tahlil

Foto: nuz.uz

Quyida haftda davomida saytimiz orqali e'lon qilingan va ancha bahs-munozaralarga sababchi bo‘lgan tanqidiy-tahliliy maqolalar mundarijasi keltirib o‘tiladi.

«Qulagan devorni suvash» — «Oltin qalam» mukofoti kimlarga nima uchun berilmoqda?

Yozilmay qolayotgan «O‘qituvchi kundaligi»

Tirik odam “bedarak ketgan” bo‘lishi mumkinmi: chiroqchilik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining o‘kinchi

Kun.uz murojaati bir qabih jinoyatchini fosh qildi

Qo‘li chaqa, yelkasi yara va «tekinxo‘r» o‘qituvchi

Bolam o‘qishga o‘z kuchi bilan kirdi!

«Yagona darcha»dan maqsad nima: ovoragarchilikni yo‘q qilishmi yoki hosil qilish?

 

Jahonda

Foto: Hurriyet

Erdo‘g‘an partiyaga qaytdi

BAA Antarktikadagi muzlikni o‘z qirg‘oqlariga olib kelmoqchi

Putin 12 generalni ishdan bo‘shatdi. U, shuningdek, o‘tayotgan haftada Germaniya kansleri Merkel bilan Sochida uchrashdi

2018 yil uchun AQShning Grin-kard lotereyasi natijalari e'lon qilindi

«Tashvishga hojat yo‘q» — Qirollik xonadonida hamma sog‘

Amerika kompaniyalari xorijda qancha pul saqlashi ma'lum bo‘ldi

 

Sport

Foto: Kun.uz

“O‘zbekiston” universal sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Aytish mumkinki, ushbu musobaqada O‘zbekiston vakillari haqiqatda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi va mamlakat boks tarixida yangi sahifa ochishdi.

Mirjalol Qosimov «Bunyodkor»ga qaytdi

Asqar Tolibjonov rahbarligidagi terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi

Ronaldu Messiga yetib oldi

Zidanning ustunligi nimada yoxud uning o‘yinchilar bobida omadi bormi?

Boshqa jamoalar transferlar uchun sarflaydigan pulni «Real» mukofotlar uchun ajratadi

 

O‘qing, bu qiziq...

Foto: Linkedin.com

Qulupnay: ham foydali, ham zararli meva haqida tavsiyalar

Suvni tozalashning oddiy va samarali 6 usuli

Neyrobiologlar tadqiqoti: Ochlik e'lon qilishning qanday foydasi bor?

Mavzuga oid