Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik bokschi Joshuani jangga chorladi
Amerikalik bokschi, o‘ta og‘ir vazn toifasida Jahon boks kengashi (WBC) tasnifi bo‘yicha jahon chempioni Deontey Uaylder angliyalik Entoni Joshua bilan kuch sinashib ko‘rish niyatida ekanini ma'lum qildi. Amerikalik bokschi so‘zlarini TMZ portali keltirgan.
«Joshua — menga arziydigan raqib. Mening qonim qaynayapti. Biz yutuqqa belbog‘larimizni qo‘yamiz. Ko‘ramiz, jangdan so‘ng to‘zonlar tarqagach, kim toza chiqar ekan? Men maqsadimga erisha olishimga kafolat beraman, chunki birinchi marta bunga duch kelayotganim yo‘q!» — degan Uaylder.
Entoni Joshua 29 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tgan katta boks kechasida ukrainalik Vladimir Klichkoni 11-raundda nokautga uchratib, WBA, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.
27 yoshli britaniyalik bokschi hisobida 19ta jangdan 19ta g‘alaba (19 nokaut) bor. 31 yoshli amerikalik 38 marta ringga ko‘tarilgan shuncha marta g‘alabaga (37 nokaut) erishgan va biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.
Mavzuga oid
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
21:18 / 18.03.2022
Bahodir Jalolov professional boksdagi 10-g‘alabasiga erishdi
23:22 / 17.12.2021
Toshkentdagi professional boks kechasida O‘zbekistonning 7 vakili ham g‘alaba qozondi - Madrimov raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi
09:57 / 10.10.2021