Sport | 14:53 / 06.05.2017
26441
2 daqiqa o‘qiladi

Murodjon Ahmadaliyev Osiyo chempioni!

Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston” universal sport majmuasida Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatining final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Unda dastlab 56 kg vazn toifasida JCh yo‘llanmasi uchun janglar bo‘lib o‘tdi. 

Nima Dorji (Butan) –  Simon Makarave (Indoneziya) va Riomey Tanaka (Yaponiya) –  Gaurav Bidhuri (Hindiston) o‘rtasidagi bahslarda indoneziyalik va yaponiyalik bokschilar qo‘li baland kelib, Germaniyada o‘tkaziladigan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. 

Musobaqaning oltin medali uchun esa ringga o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va xitoylik Jiyavey Jiang ko‘tarilishdi. Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan kuch sinashuvda o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Rio-2016 bronza medali, Jahon va Osiyo chempionatlari kumush medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev qit'a miqyosida tengsiz ekanini isbotladi. 

Kun.uz tahririyati Murodjonni va barcha o‘zbekistonlik boks muxlislarini jamoaning ilk oltin medali bilan qutlaydi hamda boshqa o‘zbekistonlik finalchilarga omad tilaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid