O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi oltin medali – Elnur Abduraimovda!
“O‘zbekiston” universal sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari davom etmoqda. Unda 60 kg vazn toifasida ishtirok etgan va yarim finalga chiqa olmagan bokschilar o‘rtasida JCh yo‘llanmasi uchun janglar bo‘lib o‘tdi.
So‘ngra, musobaqaning bosh sovrini uchun ringga o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov va hindistonlik Shiva Tsapa chiqib kelishdi. Keskin kurashlar bilan boshlangan jang birinchi raunddayoq to‘xtatildi. Bunga bokschilarning kutilmaganda to‘qnashib ketishlari hamda jiddiy jarohat olganlari sabab bo‘ldi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, hakamlarning ballari hisoblandi. Unga muvofiq, 4-1 hisobida o‘zbekistonlik bokschining qo‘li baland keldi.
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024