Sport | 14:50 / 07.05.2017
24297
2 daqiqa o‘qiladi

Hasanboy navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi (Video)

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Boks bo‘yicha 29-osiyo chempionati so‘nggi final bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Ta'kidlash o‘rinliki, bugungi final bahslarining har birida o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. 

Kunduzgi dasturlarda 49, 52 va 64 kg vazn toifasidagi bokschilarning final janglari bo‘lib o‘tadi. 

Dastlab ringga 49 kg vazn toifasida ishtirok etib chorak finalda mag‘lub bo‘lgan 4 nafar bokschilar juftliklari chiqib kelishdi. Ular JCh uchun 2 yo‘llanma uchun kurash olib borishdi. Unda indoneziyalik Kornelis Kvangu Langu hamda suriyalik Hussin Al Masrilarning qo‘li baland keldi.

Shundan so‘ng, ushbu vazn toifasida musobaqaning bosh sovrini uchun o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov hamda mo‘g‘ulistonlik Gan Erdin Ganghuyak jang olib borishdi.  

Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi. Hasanboy g‘alaba muborak!

Mavzuga oid