Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadaning ikkinchi yirik shahrini suv bosdi
Kanadaning Ottavadan keyingi ikkinchi yirik shahri Monrealda kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli favqulodda holat e'lon qilindi.
CBC xabariga ko‘ra, shahar meri Denis Koderr bir qancha tumanlarda evakuatsiya zarurati yuzaga kelgani haqida ma'lum qilgan.
«Men uchun hozir eng asosiysi odamlarga, fuqarolarga yordam berish», — degan u matbuot anjumanida.
Suv toshqinlari Kvebek shtatidagi 146 munitsipalitetga ham ziyon yetkazdi. Viloyatdagi Laval shahrida ham Monrealdagi kabi favqulodda holat joriy etilgan.
More people leaving homes in Rigaud, some in unconventional ways... #Flood pic.twitter.com/Kgs23Hsj4y
— Simon Nakonechny (@simon_nak) May 7, 2017
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlariga qarshi kurashish uchun 1,4 ming harbiy jalb etilgan.
Bundan oldinroq Kanadada 2 ming kishi suv toshqinlari tufayli evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.
People in Rigaud finally throwing in the towel after forced evacuation order. #Flood pic.twitter.com/VWoqUL0wvp
— Simon Nakonechny (@simon_nak) May 7, 2017
Mavzuga oid
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
23:24 / 01.04.2025
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
18:27 / 14.02.2025
Yong‘indan jabr ko‘rgan Los-Anjyelesni suv bosdi
20:10 / 02.02.2025