Fan-texnika | 18:29 / 10.05.2017
12410
2 daqiqa o‘qiladi

Rolls-Royce Phantom kabrioletining so‘nggi nusxasi sotuvga qo‘yildi

Saudiya Arabistonidagi Seven Car Lounge dilerlik markazi Rolls-Royce Phantom kabrioletining so‘nggi nusxasini sotuvga qo‘ydi. Xabarlarga ko‘ra, u umuman yo‘l bosmagan.

Sotuvchi ma'lumotiga ko‘ra, Phantom VII Drophead Coupe seriyasida eng so‘nggi bo‘lib chiqarilgan kabriolet Riva Aquarama tezkor kateri yo‘nalishida bezatilgan. Avtomobil kuzovi ikki rangga bo‘yalgan, g‘ildirak disklari va “vaytvollar” ham ikki xil rangda.

Kabriolet salonini bezashda ikki xildagi charm, karbonlardan foydalanilgan. Dvigatel – hajmi 6,75 litr va quvvati 460 ot kuchi bo‘lgan 12 silindrli agregat.

Mashina qiymati oshkor etilmayapti.

Yettinchi avloddagi Phantom limuzini 2003 yilda taqdim etilgan bo‘lsa, 2007 yilda kabriolet, 2008 yilda esa – kupe paydo bo‘lgan. Rolls-Royce 2017 yilning boshida limuzin chiqarishni to‘xtatdi. Yangi avloddagi “Fantom” kelasi yili taqdim etiladi.

Mavzuga oid