Sport | 01:59 / 11.05.2017
13257
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Arsenal» «MYu»ni o‘z joyiga qaytardi

Angliya premer-ligasining 26-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Sauthempton» «Arsenal»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 60-daqiqasida Aleksis Sanches hisobni ochib, o‘zining bu mavsumdagi 20-golini kiritgan bo‘lsa, maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan, Olive Jiru farqni ikkitaga oshirdi.

Natijada «Arsenal» deyarli 14 yillik tanaffusdan so‘ng ilk marta «Sauthempton» uyidan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi. So‘nggi marta jamoa bu yerda 2003 yilning dekabrida g‘alaba qozongandi.

Ushbu muhim g‘alabadan keyin «Arsenal» hisobidagi ochkolar soni 66taga yetdi va jamoa 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endilikda Venger shogirdlari «Liverpul»dan bitta kam uchrashuv o‘tkazgan holda, 4 ochko ortda borayotgan bo‘lsa, bir xil o‘yin o‘tkazgan «Siti»dan uch ochkoga ortda qolmoqda.

Angliya premer-ligasi
26-turning qoldirilgan uchrashuvi

Sauthempton – Arsenal 0:2 (0:0)
Gollar: Sanches (60), Jiru (83).
Sauthempton: Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Tadich (Rodriges, 80), Devis, Redmond (Long, 70), Uord-Prouz (Bufal, 70), Gabbyadini, Romeu.
Arsenal: Chex, Mustafi, Monreal, Gibbs, Holding, Chaka, Oksleyd-Chemberlen (Belerin, 36), O‘zil (Koklen, 89), Remzi, Sanches, Uelbek (Jiru, 80).
Ogohlantirishlar: Uord-Prouz (44), O‘zil (73), Belerin (90).

Mavzuga oid