Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sensatsion video: klaviaturada eng tezkor ishlovchi xodim
Ijtimoy tarmoqlarda Amerikadagi supermarketlarning birida tasvirga olingan video shov-shuvga aylanmoqda. Tomoshabinlarni rolik qahramoni - do‘kondagi mahsulotlarni hisoblash mashinasidan osongina foydalanayotgan xodim hayratga solmoqda.
Video muallifining so‘zlariga ko‘ra, u kishining klaviaturada belgilarni qanday tezlikda kiritayotganini sanash uchun atayin jarayonni sekinlashtirgan. Ma'lum bo‘lishicha, agar bir so‘zni besh harfdan iborat deb hisoblasak, bir daqiqada 80dan ortiq so‘zlar kiritilgan. Bu ko‘rsatkich undan ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Do‘kon xodimi bu lavozimda 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ishlab kelmoqda.
"Avvaliga ishongim kelmadi. Biroq bu haqiqiy tomoshaga o‘xshaydi. Bu do‘konga kelgan odamlar yigitning harakatini ko‘rib hayratdan "qotib qolishadi", - deydi video muallifi.
Video 2,5 million martadan ortiq tomosha qilingan, unga to‘rt mingga yaqin izoh qoldirilgan.
Mavzuga oid
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
13:21 / 16.12.2024
Toshkent aeroporti hududidan fuqaroga do‘kon ochishda yordam va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 11.09.2024
426 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni aniqlandi
10:27 / 08.07.2024