Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya metro bekatlaridan birida masjid ochiladi
Yaponiya poytaxti Tokio metropoliteni bekatlaridan birida musulmonlar ibodat qilishi uchun masjid ochiladigan bo‘ldi, deb xabar qiladi Turkiyaning TRT telekompaniyasi.
Xabar qilinishicha, «East Japan Railway Company» kompaniyasi shunday qarorga kelgan.
Firma vakillarining tushuntirishicha, Yaponiga yildan-yilga ayniqsa Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari bo‘lmish — Malayziya va Indoneziyadan musulmon sayyohlarning tashrifi ko‘paymoqda.
«JR East» firmasining bosh direktori Tetsuro Tomita matbuot anjumanida shunday degan:
«Yaponiyaga musulmonlar tashrifi tobora ko‘paymoqda. Shu sababli jo‘nash maskanlarida musulmoncha ibodatxonalar barpo etishga zaruriyat tug‘ilmoqda. Bunday joylar metro bekatlarimizda ham barpo etiladi».
Bosh direktor ilk masjid 5 iyun kuni ochilishini ham aytib o‘tdi. Musulmonlar undan ertalabki soat 8:30 dan kechki 19:00 gacha foydalana olishadi, dam olish kunlarida esa u 17:00 gacha ochiq bo‘ladi.
Masjid 8 kvadrat metr yuzaga ega bo‘ladi, uning ichida namozga poklanish uchun tahoratxona ham nazarda tutilgan.
Shu paytgacha Yaponiyada faqat Haneda va Narita aeroportlaridagina masjidlar bor edi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025