Jahon | 14:15 / 13.05.2017
9054
3 daqiqa o‘qiladi

Edvard Snouden xakerlik hujumlarida MXAni ayblamoqda

Foto: Global Look Press

Amerikalik sobiq josus Edvard Snouden Milliy xavfsizlik agentligi (MXA)ning virusli kiberhujumlarga aloqadorligini rad etmayapti. Ushbu virusli kiberhujumlar oqibatida 70 dan ortiq mamlakatlardagi turli tashkilotlar, davlat idoralari serverlari va kompyuterlari zararlangani haqida avval xabar berilgan edi. Snoudenning ta'kidlashicha, agar MXA o‘z vaqtida tizimda aniqlangan zaif nuqtalarni ma'lum qilganida bunday keng qamrovli oqibatlarning oldini olish mumkin bo‘lar edi. 

Bir vaqtlar MXAda ishlagan, bugungi kunda Rossiyada istiqomat qilib kelayotgan Edvard Snouden WannaCry virusi yordamida amalga oshirilgan keng qamrovli kiberhujumlarda agentlik bilvosita aybdor degan fikrni ilgari surmoqda.

Snoudenning qayd etishicha, MXA dasturlarga hujum qilish uchun xavfli instrumentlarni ishlab chiqqan. 12 maydagi xakerlik hujumlari bunday harakatlar nimalarga olib kelishi mumkinligining isbotidir. 

Snouden so‘z yuritayotgan zaifliklar Shadow Brokers xakerlik guruhi tomonidan joriy yil aprel oyida internet tarmog‘iga qo‘yilgan edi. U Windows operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlarga tahdid soladigan eksploytlar to‘plamidan iborat edi. 

Ushbu joylashtirish bomba portlashi effektini bergan, chunki butun dunyodagi xakerlarga millionlab kompyuterlarni zararlashga imkon berdi. 

Bundan tashqari, Amerika mudofaa vazirligida ishlagan manbalardan biri Motherboard nashriga bergan interyusida bu joylashtirishni «Snouden voqeasidan keyingi eng yomoni» deb baholagan.

Hozircha, kuni kecha amalga oshirilgan global xuruj ortida kimlar turgani noma'lum, biroq Snouden bunda MXAni bevosita bo‘lmasa-da aybdor deb bilmoqda. Shadow Brokers eksploytlari joylashtirilganidan so‘ng ushunday yozgan edi: «MXA o‘tgan yili uning xakerlik arsenali o‘g‘irlanganidan xabardor edi. Ammo, dasturiy ta'minotlar ishlab chiqaruvchilarini bundan o‘z vaqtida ogohlantirmadi. Demak, bu ularning aybimi?».

Dunyoning 74 mamlakatida o‘rnashib olgan WannaCry virusi kompyuterga tushganidan keyin undagi barcha fayllarni shifrlab, barcha ma'lumotlar va fayllarni to‘sib qo‘yadi hamda uni ochish uchun pul talab qiladi. 

Antivirus dasturlar ishlab chiqaruvchi Avast kompaniyasining Rossiya va MDHdagi vakili Aleksey Fyodorovning «Gazeta.Ru» saytiga bergan intervyusida aytishicha, 12 maydagi kiberxuruj tarixdagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. 

Mavzuga oid