Kelajakdagi global falokatlar ma'lum qilindi (Video)
YouTube’dagi RealLifeLore kanali maxsus videorolik taqdim etdi. U keyingi milliard yil ichida yuz beradigan falokatli hodisalarga bag‘ishlangan. Shu tariqa, sakkiz ming yildan so‘ng o‘n ming yillik muammosi paydo bo‘lishi mumkin, u dasturiy ta'minotga bog‘liq bo‘ladi va yilni sonlarda ko‘rsatish uchun to‘rt emas, balki beshta raqamdan foydalanishni talab etadi.
50 ming yildan so‘ng yangi muzlik davri boshlanadi, shuningdek, Niagara sharsharasi yo‘q bo‘lib ketadi. 500 ming yil davomida Yer diametri bir kilometr bo‘lgan yirik asteroid bilan to‘qnashadi, yarim million yildan keyin esa supervulqon uyg‘onadi. O‘sha vaqtga kelib Betelgeyze yulduzi o‘ta yangiga aylanadi.
50 million yildan keyin Fobos Mars ustiga qulab tushsa, yuz million yildan so‘ng sayyoramizga diametri 10 kilometrdan ko‘proq bo‘lgan asteroid kelib uriladi. O‘sha vaqtnng o‘zida Saturn o‘z halqalaridan tamomila ayriladi. 400-500 million yildan so‘ng, ehtimol, kuchli chaqnashlar yuz beradi, u Yerdagi ozon qatlamini yo‘q qilib yuborishi mumkin. Quyosh ham o‘z yorqinligini oshiradi, bu iqlim o‘zgarishiga olib keladi. Karbonat angidrid gazi darajasi keskin pasayadi, natijada fotosintez imkonsiz bo‘lib qoladi. Va nihoyat, milliard yildan so‘ng Yer okeanlari kuchli parlanish ta'siri tufayli yo‘q bo‘lib ketadi.
Mavzuga oid
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
11:26 / 01.10.2024
Olimlar Quyosh qachon “o‘lishini” ma’lum qildi: Yerga nima bo‘ladi?
11:21 / 23.09.2024
Yer “ikkinchi Oy”ga ega bo‘ladi, faqat bu vaqtincha davom etadi
22:22 / 11.03.2024