Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda O‘zbekistonda 450ta 4G mobil baza stansiyasi barpo etiladi
O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 21.4 mln nafarga yetdi. Bu esa ushbu sohada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarga ehtiyojni oshirmoqda. O‘zbekiston hududlarini mobil aloqa signallari bilan qamrab olish maqsadida amaliy choralar ko‘rish davom etmoqda. Shu munosabat bilan 2017 yilning aprel holatiga ko‘ra, 18.3 mingta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatilgan bo‘lib, yilning qolgan davri mobaynida bu raqam 20 mingdan oshadi. Xalqaro Press-klubda OAV vakillari bilan uchrashgan O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov shu haqda ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda asosiy e'tibor mobil aloqa tarmoqlarida har qanday formatdagi (ovozli, fayl va video) ma'lumotlarni yuqori tezlikda almashish imkonini beruvchi 4G standartini rivojlantirishga qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi mobil operatorlar tomonidan respublika hududlari, tuman va shahar markazlarida 450 ta 4G mobil baza stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025