Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tushum pullarini bankka topshirmagan tadbirkor jazoga tortildi
Toshkentlik Bobur Halimov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) xususiy tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgach, turli mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanishga kirishdi. Ammo tushum pullarini bankka topshirishni xayoliga ham keltirmadi. Bu holat uzluksiz davom etavergach, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan u boshqarayotgan MChJda qisqa muddatli tekshirish o‘tkazish rejalashtirildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Aniqlanishicha, B.Halimov o‘tgan yilning to‘qqiz oyi mobaynida 102 mln. 100 ming so‘m miqdoridagi pullarni bank muassasasiga topshirmagan, daromadlarni esa soliqdan yashirgan ekan. Ya'ni u davlat byudjyetiga to‘lanishi kerak bo‘lgan 35 mln. 105 ming so‘mlik yagona soliq to‘lovini qasddan to‘lamaganligi fosh etildi.
Bundan tashqari, B.Halimov tegishli tartibda litsenziya olib faoliyat yuritiladigan xizmat turi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib, aholiga 950 mln. 506 ming so‘mlik transport xizmati ko‘rsatgani ma'lum bo‘ldi.
Ana shu qilmishlari uchun B.Halimov JKning tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortildi. Sud savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishda aybdor deb topib, unga tegishli jazo tayinladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025