Fan-texnika | 15:44 / 19.05.2017
10534
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning jahonga mashhur Hitachi korporatsiyasi O‘zbekistonda o‘z taqdimotini o‘tkazdi

2017 yil 16 mayda Wyndham mehmonxonasida Yaponiyaning dunyoga mashhur Hitachi kompaniyasining tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan premium toifali sovutgichlarining taqdimoti o‘tkazildi. 

Taqdimot marosimiga yurtimizning turli viloyatlaridan ko‘plab mehmonlar, tashkilot va firma vakillari tashrif buyurishdi.

Hitachi — bu moliyaviy-sanoat korporatsiyasi bo‘lib, uning tarkibiga 1100dan ortiq korxonalar kiradi. Umumiy ishlab chikarilgan tovar-mahsulotlarning 6 foizi maishiy uy-texnikasidir. 2020 yilda korporatsiya o‘zining 110 yilligini nishonlaydi.

Taqdimotda Hitachi kompaniyasining faoliyati, ishlab chiqarish texnologiyasi, O‘zbekiston bozoriga olib kirilgan yangi sovutgichlar seriyasi hamda ularning tasnifi haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi. 

Shuningdek, kompaniya vakillari O‘zbekistonda brend va modellar sonini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan rejalar bilan tashrif buyurgan mexmonlarni tanishtirib o‘tishdi. 

Xidenori Zen, Hitachi kompaniyasining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi savdosi bo‘yicha direktori:

“Kompaniya o‘zining barcha mijozlariga 100 foiz sifatga javob beruvchi eng sara mahsulotlarini taqdim etadi. Bu bizning shiorimizdir. Maishiy texnikalarning sifati va texnologiyasi 100 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli ishlashi tajribalar orqali sinalgan.  Hitachi doimo insonlarning zamonaviy xohish va ehtiyojlariga javob bera oladigan mahsulotlarni yaratadi. 

Bugungi taqdimotda e'tiboringizga bejirim dizaynga ega sovutgichlar seriyani taqdim etamiz. Ular O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitiga moslab yaratilgan. O‘zbekiston bozorida yaqin kelajakda sovutgichlardan tashqari, eng sara kir yuvish mashinalari va changyutgichlarning ham taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan".

Tadbir so‘ngida mehmonlar yangi sovutgichlar bilan yaqindan tanishib, ularning sifati, tashqi ko‘rinishiga xolisona baho berishdi. Barcha mehmonlarga kompaniyaning esdalik sovg‘alari topshirildi va kechki ovqat vaqtida ajoyib shou-dasturi taqdim etildi. 

Mazkur brendning mahsulotlari O‘zbekiston bozorida avvaldan mavjud bo‘lib, biroq cheklangan miqdorda bo‘lgan. 

Endi esa O‘zbekistonda rasmiy savdo va mijozlarga kafolatlangan servis xizmatini ko‘rsatish dasturi mavjud.

“Hitachi” suzi yapon tilidan tarjima kilinganda, “shafaq (tong otmok)” ma'nosini bildiradi. Bu suz, kompaniyaning asosiy falsafasini aks ettiradi: insonlar va jamiyatga yangi texnologiyalar orqali yoruglik, yangilik va kelajakni yaratishdir. 

Aynan mana shu falsafa ortidan Hitachi dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan biriga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid