Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Usmonov Navalniyni sudga berishni Kreml bilan muvofiqlashtirgan
Milliarder Alisher Usmonov o‘zini pora berishda ayblagan muxolifatchi Aleksey Navalniyni sudga berish haqidagi qarorni Kreml bilan muvofiqlashtirib oldi. Bu haqda RBK nomi oshkor etilmagan federal amaldorga asosan xabar bergan.
Shu bilan birga, Usmonovning 12 daqiqalik videomurojaati milliarderning shaxsiy tashabbusi bo‘yicha yozilgan va hech kim bilan bu borada maslahat qilinmagan, deya ta'kidlagan agentlik suhbatdoshi. Rolik Usmonovning yaxtasida, ayfon telefoniga yozib olingan.
Usmonov vakillari RBK muharririyatiga uning so‘zlarini tasdiqlovchi bir necha hujjatlar bilan tanishish imkonini taqdim etishdi. Xususan, ular jurnalistlarga Usmonov sobiq Ittifoq davrida firibgarlik va pora uchun qamalganini tasdiqlovchi hujjatlarni berishgan. RBKning yozishicha, hujjatlarda zo‘rlash uchun sudlanganlik haqida hech narsa yo‘q.
Aleksey Navalniyning korrupsiya bilan kurash fondi mart boshida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning ko‘chmas mulki haqidagi surishtiruvni e'lon qildi. Unda aytilishicha, Usmonov Medvedevga yaqin bo‘lgan jamg‘armaga pora sifatida hududida uy bo‘lgan yer maydonini bergan.
Alisher Usmonov bu ayblovni rad etdi va Navalniyni sudga berishga qaror qildi. Bu boradagi sud eshituvlari 30 may kuni boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Alisher Usmonov Navalniyga videomurojaat bilan chiqqani, birozdan keyin esa Navalniy unga javob qaytargani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025