Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi aeroportda samolyot qotib ulgurmagan beton ustiga qo‘ndi
18 may kuni Ukrainaning Zaporojye aeroportida favqulodda hodisa yuz berdi: bu yerda Kiyevdan reys bilan kelayotgan "Mejdunarodnyye avialinii Ukrainy" aviakompaniyasi samolyoti qotib ulgurmagan beton qoplamali polosaga qo‘ndi.
Oqibatda samolyotga boshqa reyslarni amalga oshira olmaydigan darajada jiddiy shikast yetgan: beton qorishma samolyot shassisi tayanchiga, fyuzelyajning pastki qismiga, dvigatel turbinalari va qanotga tekkan.
"Samolyotning texnik holati reyslarni amalga oshirishga imkon bermaydi. Aviakompaniya tomondan Zaporojye – Kiyev reyslari yo‘lovchilarini manzilgacha quruqlikdagi transport bilan yetkazib qo‘yishga qaror qilindi", deb aytilgan aviakompaniya saytida.
Ta'kidlanishicha, ushbu voqea aviakompaniya aybi bilan yuz bermagan. Gap shundaki, voqea yuz berishidan bir kun avval aeroport 18 maydan boshlab barcha reyslarni qabul qilishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025